Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda
25.03.2020 13:49,  
576

O‘zbekiston hukumati shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun «fors-major» rejimini joriy etishga qaror qildi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlik sub’yektlarining talablariga binoan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirildi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin (agar fors-major holati koronavirus bilan bog‘liq bo‘lsa).

Umuman olganda, tomonlardan birida yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar o‘zaro manfaatli shartlar bilan kelishib olishga harakat qilishlari mumkin (masalan, shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish orqali majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish).

Agar tomonlardan biri kelishuvga erisha olmasa, yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xo‘jalik sub’yektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralar ko‘riladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан