Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bu yil necha firma tashkil etilgani ochiqlandi
5.06.2020 14:22,  
117

2020 yil yanvar-mart oylari uchun mamlakat YaIMda kichik tadbirkorlikning ulushi 45.8 foizni tashkil qildi. Tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 nafar aholiga 13.9 birlikni tashkil qildi. 

2020 yil yanvar-mart oylarida 23.3 ming yangi kichik korxona va mikrofirmalar (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etilgan bo‘lib, bu 2019 yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 23.4 foizga kamdir.

Kichik korxona va mikrofirmalar eng ko‘p savdo-sotiq sohasida (9312 ta) tashkil etilgan. Sanoat sohasida – 4345 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari sohasida – 2637 ta, qurilishda – 1844ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 1724 ta, tashish va saqlash sohasida – 659 tani tashkil qildi.

Ushbu ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ishtirokida tashkil etilgan videokonferensiya davomida ishbilarmonlik muhitini o‘rganish va tadbirkorlik rivojlanishining stastistikasi boshqarmasining boshlig‘i Ma’murjon Satimov tomonidan ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан