Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarixiy serial suratga olinadi
7.10.2019 17:07,  
941

MDHdagi eng yirik televezion kontent ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Star Media 2020 yilda O‘zbekistonda byudjeti 20 mln $lik tarixiy film suratga oladi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida «Star Media» asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xalqaro loyiha – «Sultana» serialini yaratish bo‘yicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi.

U O‘zbekistonga sherigi, «Quddus», «Poyga» va «Arvohlar shahri» kabi filmlari bilan tanilgan fransiyalik prodyuser Jan Charlz Levi bilan birga tashrif buyurdi.

Serialni suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida suratga olinadi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan, aktyorlar nomi hozircha sir tutilmoqda.

«Sultana» seriali syujeti XVII asrda bo‘lib o‘tgan hodisalarni o‘zida jamlagan bo‘lib, bugungi kun uchun ham dolzarb bo‘lgan geosiyosat, hukmronlik va sevgi uchun kurash mavzularini ochib beradi. Olti epizodni o‘z ichiga oladigan birinchi mavsum uchun byudjet 20 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Shuningdek, 2-mavsumni suratga olish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, « Star Media» kelasi yili «Toshkent - non shahri» filmini suratga olishni ham ko‘zda tutmoqda.

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu film orqali Shuhrat Abbosovning shu nomdagi afsonaviy filmini qayta suratga olish emas, balki mutlaqo yangi asar yaratilishi nazarda tutilgan.

“Biz “Sultana« teleserialidan tashqari yana bir »Toshkent - non shahri« filmini Rossiyaning »Birinchi kanal«i bilan hamkorlikda suratga olishni rejalashtirganmiz. Mamlakatingiz bilan bog‘liq barcha loyihalarni O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan birga amalga oshiramiz» - dedi Vladislav Ryashin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан