Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi
31.08.2021 21:01,  
70

O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi. Bu haqda 31 avgust kuni imzolangan «Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilandi.

Qaror bilan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.

Hujjatda qayd etilishicha, bunday o‘zgarish tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish maqsadida joriy etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан