Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlarni sotish rekord darajaga chiqdi
13.10.2021 22:37,  
338

Mamlakatimizda 9 oy ichida oldingi uch yilga qaraganda avtoraqamlarga nisbatan ko‘p mablag‘ sarflagan. Bu haqida “Spot.uz” ga tayanib "Zamon.uz" nashri xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, "chiroyli" avtomobil raqamlarining sotilishi hayratlanarli darajaga chiqqan.

Tovar-xomashyo birjasining so‘nggi statistik ma’lumotlariga qaraganda, "chiroyli" avtomobil raqamlarini sotish bo‘yicha rekordlar  yangilanishda davom etmoqda.

2021 yilning to‘qqiz oyida 105,6 mingta avtomobil raqami sotib olingan va ularga 221,1 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.  Bu savdo boshlanganidan buyon mutlaq rekord natijadir. 2018-2020 yillarda bu raqam 205,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning birinchi yarmida avtomobil raqamlarini sotish 139 milliard so‘m,  iyul -sentyabr oylarida esa mazkur summaga yana 82 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shilgan. Bu hatto, butun 2019 yil davomida sotilgan avtomobil raqamlaridan ham ko‘p degani.

  • Ma’lumot uchun: 2020 yil noyabr oyidan har qanday kombinatsiyali "chiroyli" avtoraqamlar uchun buyurtma berishga ruxsat berildi. Maxsus raqamlarning boshlang‘ich narxi oddiy raqamdan ancha yuqori.

Bundan avval 1 iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgarishi, istalgan fuqaro UZB, AAA seriali avtoraqamlarni auksion orqali sotib olishi mumkinligi hamda onlayn-auksionlar orqali 168 mlrd. so‘mlik "chiroyli" avtoraqamlar sotilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан