Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi Xitoy vaksinasi sinovida necha kishida nojo‘ya ta’sir kuzatilgani ma’lum bo‘ldi
17.02.2021 09:15,  
329

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoyning ZF 2001 vaksinasi klinik sinovlari doirasida vaksina qabul qilganlar orasida 5 nafar shaxsda birinchi darajali nojo‘ya ta’sirlar (allergik reaksiya, biroz isitma chiqishi, bosh og‘rig‘i) kuzatildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, birinchi darajali nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan shaxslar unda ishtirok etganlarning 0,3 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich Pfizer/BioNTech’da 2-3,8 foiz, «Sputnik V»da esa 0,3-0,4 foizga teng. Ikkinchi va uchinchi darajali nojo‘ya ta’sirlar esa kuzatilmagan.

Ushbu klinik sinovlar natijalari muvaffaqiyatli yakunlansa, Innovatsiya vazirligi O‘zbekistonda aholini emlashda mazkur vaksinadan foydalanishni hamda buning uchun Maxsus komissiya tomonidan vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berilishini taklif qilmoqda. Agar maxsus komissiya tomonidan bunday ruxsat berilsa, Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga imtiyozli narxlarda va yetarli quvvatlarda yetkazib beriladi.

Shuningdek, mamlakatda vaksina ZF-UZ-2001 nomi ostida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda tijoratlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Maxsus komissiya raisiga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi mahalliy farmatsevtika kompaniyalar bilan hamkorlikda ZF-UZ-2001 vaksinasini joriy yilda 300 million donagacha ishlab chiqish quvvatiga ega hamda O‘zbekiston aholisi soni va hukumat talablari asosida yetarli miqdorda vaksina dozalarini yetkazib berishi mumkin. Bu esa 2021 yil oxirigacha mamlakat aholisini ommaviy ravishda emlash imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, hukumat rahbari Xalqaro Vaksinalar Ittifoqi (GAVI) tomonidan O‘zbekistonga 2,5 millionga yaqin AstraZeneca vaksinalarini bepul yetkazib berilishi bo‘yicha ham muzokaralar yakunlanayotganini ma’lum qilgan. Muzokaralar yakuniga qarab, ushbu vaksinalarning dastlabki 800 ming donasi joriy yilning mart oylarida O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан