O‘zbekistonda dam olish kuni havo sovuqlashib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda dam olish kuni havo sovuqlashib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 12 noyabr, juma kuni quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib, harorat 16-18 darajagacha ko‘tariladi, shanba kuni esa bulutli havo bo‘ladi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Yakshanba, 14 noyabr kuni Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, lekin kunduzi sezilarli darajada sovuqlashadi. Harorat kunduzi 8-13 daraja iliqdan oshmaydi.