Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
20.03.2020 15:47,  
599

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida quruq va juda iliq havo saqlanib turadi, harorat me’yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori bo‘lib, 20-25 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 27 darajagacha ko‘tariladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 18-23 darajadan oshmaydi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi 15-20m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechga borib havo ayniydi, osmonni bulut qoplab tungi soatlarda butun mamlakat hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertaga, Navro‘z bayram kunida kun davomida respublikada yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati 18-23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqori. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Mamlakat poytaxtida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlarida nam havo oqimi respublika hududidan chiqib ketadi. Ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-5 darajaga yuqori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан