Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
17.07.2020 17:31,  
292

Bugun O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirdi. Markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Mamlakat shimoli va cho‘l zonasida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Shuningdek, dam olish kunlari butun respublika hududiga janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzi harorat 39-42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. «Bu yoz avji uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir», deyiladi «O‘zgidromet» axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан