Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi
26.03.2021 22:45,  
305

27 martda respublika hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

28 martda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 martda respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 28 martda yomg‘ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

28-29 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

29 martga havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан