Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda davlat mulklarini «1 so‘m»ga sotish amaliyoti bekor qilinadi
1.07.2021 21:40,  
217

Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Yig‘ilishda xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish, auksionda qatnashish tartiblarini soddalashtirish va ishtirokchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qo‘yiladi. Endi davlat mulklarini 1 so‘m qiymatda savdoga chiqarish, yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.

Bundan tashqari, onlayn auksionda qatnashish uchun to‘lovlar bekor qilinadi va tadbirkorlarga elektron ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qoplab beriladi. Auksionda mulkni sotib olganda, to‘lov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungacha uzaytiriladi.

Bundan buyon davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning bino-inshootlari, transport vositalarini sotish va ijaraga berishni faqat elektron auksion orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Mutasaddilarga ushbu yangi tartiblarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан