Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Davlat organlari xodimlarining soni qisqartiriladi
4.04.2021 09:00,  
1031

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» ma’lum qildi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi. Rahbar o‘rinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq bo‘lganda rahbarning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori — moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «moliya vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi.

Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i — qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «qurilish vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi.

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi — transport vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «transport vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан