Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi
2.02.2021 21:56,  
1101

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi, deb xabar bermoqda «Norma».

Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • O‘zbekiston hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) hamda ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • «Faxriy fuqaro» maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).

Eslatib o‘tamiz, «Faxriy fuqaro» maqomi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni rag‘batlantirish shakli, iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritganligi, shuningdek, O‘zbekistonda xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganligi uchun minnatdorchilik va tashakkur belgisi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан