Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dollar kursi nega keskin o‘zgarmayapti?
24.03.2020 09:25,  
1610

O‘zbekistonda dollar kursi o‘zgarmayotganligi meni xavotirga solyapti. Bizda rubl kursi bilan dollar kursi orasidagi korrelyasiyadan kelib chiqsak, dollar o‘zgarmayotganligi juda qiziq. Agar Markaziy Bank rezervlar orqali kursni hozirgidagidek ushlab turayotgan bo‘lsa, bu yaxshi chora emas.

Agar dollar kursini ushlab turishdagi mantiq bu dollarda qarz olgan katta davlat korxonalarini moliyaviy ahvolidan kelib chiqib qilinayotgan bo‘lsa, bu ham albatta yaxshi emas.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Markaziy Bank valyutalar kursi bilan nima bo‘layotgani haqida axborot berib tursa yaxshi bo‘lar edi. Talab qanday bo‘layotgani, taklif qanday bo‘layotgani haqidagi ma’lumotlarni to‘liqligicha berib kelishsa, yaxshi bo‘lar edi (men topa olmadim). Bozor uchun Markaziy Bank harakatlaridagi shaffoflik juda muhim.

Markaziy Bank uchun esa jamiyat bilan doimiy kommunikatsiya qilish, ayniqsa bunday paytlarda har qachongidan ham zarur. Oxirgi yillarda Markaziy Bank shu sohada juda yaxshi progress ko‘rsatdi, dollar kursi haqida ma’lumotlar berib kelsa yaxshi bo‘lar edi. Tashqi bozorlardagi ahvol bizga ta’sir qilmayotganligiga ishonish qiyin bo‘lyapti.

"Iqtisodchi kundaligi"dan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан