Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dollar kursi oshishda davom etmoqda
12.10.2020 14:06,  
496

Markaziy bank13 oktyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

Unga ko‘ra, AQSh dollari 24,80 so‘mga o‘sdi va 10 364,48 so‘mga teng bo‘ldi. Yevro kursi esa 144,09 so‘mga o‘sdi va 12 254,96 so‘m darajasida o‘rnashdi. Rossiya rubli 2,76 so‘mga ko‘tarilib, 135,03 so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston valyuta birjasi auksionlarida AQSh dollarining narxi 10 351 so‘mdan 10 378 so‘mgacha bo‘ldi. Yevroning narxi esa 12 235 dan 12 299 so‘mgacha.

Hozir mamlakatimizdagi tijorat banklari dollarlarni bankomatlar va kassalar orqali 10200 dan 10380 so‘mgacha sotib oladi va 10370 dan 10390 so‘mgacha sotmoqda. Yevroni banklar tomonidan sotib olish darajasi 10 100 dan 12 000 so‘mgacha, sotish narxi esa 12 150 dan 13 100 so‘mgacha. Rossiya rubli 132 dan 160 so‘mgacha, 110 dan 125 so‘mgacha sotib olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан