Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda dzyudochi Kamoliddin Rasulovning o‘limi tafsilotlari ma’lum qilindi
14.09.2021 16:39,  
966

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov o‘ldirib ketildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qotillik shu yil 13 sentyabr kuni soat 21:30larda Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. 29 yoshli Rasulov tanishi 30 yoshli Sh.T tomonidan o‘ldirigan.

Ma’lum qilinishicha, Rasulov tanishiga Humo Trop vitaminini sotgan. Sh.T. ushbu vitaminlarni iste’mol qilgach, ahvoli yomonlashgan va Rasulovni ko‘rishib olishga chaqirgan. Uchrashuv jarayonida erkaklar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida Sh.T. sportchiga bir necha marta pichoq tiqib olgan.

Ta’kidlash joiz, Rasulov dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan edi. Sh.T. ham sportchi, u milliy kurash hamda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан