Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi
2.10.2020 18:17,  
2844

«Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (594-son, 28.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasi doirasida:

- elektron hisoblash nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi “ishlab chiqarish – podstansiya – taqsimlash punkti – transformator podstansiyasi – iste’molchi" prinsipida joriy qilinadi;

- hisoblagichlar birinchi navbatda yirik iste’molchilar va tadbirkorlik sub’yektlarida o‘rnatiladi;

- aholi yashash punktlarida barcha elektr energiyasi iste’molchilariga, taqsimlash punktlari va transformatorlarga hisoblagich va konsentratorlar bir vaqtning o‘zida o‘rnatiladi;

- hisoblagichlarni o‘rnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha joylardagi barcha xodimlarning ko‘nikma va malakasi oshiriladi.

Loyiha doirasida 2020 yilning oktyabr oyida respublika bo‘yicha jami 850 ming 204 ta 1 fazali va 88 ming 312 ta 3 fazali elektr energiyasi hisoblagichlari yetkazib beriladi.

Qaror bilan viloyat va tumanlarda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан