O‘zbekistonda elektr uzatish liniyalari qurilishi uchun xalqaro tender e’lon qilindi

O‘zbekistonda elektr uzatish liniyalari qurilishi uchun xalqaro tender e’lon qilindi

Energetika vazirligi "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ nomidan quvvati 500kV li "G‘uzor" nim stansiyasi (O‘zbekiston) dan 500 kV quvvatga ega "Regar" nim stansiyasi (Tojikiston) gacha magistral elektr uzatish liniyasi qurilishi bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi.

Tenderda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob berish kerak:

  • Oxirgi 3 yilda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy ahvolining barqarorligi;
  • Oxirgi 3 yil ichida o‘rtacha yillik aylanmasi $50 mln.dan kam bo‘lmasligi;
  • So‘nggi besh yil ichida muvaffaqiyatli yoki sezilarli ravishda yakunlangan kamida bitta shartnomada ishtirok etgan bo‘lishi va u loyihaning qiymati 20 million dollardan qimmat bo‘lishi;
  • Tender hujjatlariga muvofiq yuqori voltli elektr uzatish liniyasi orqali kamida 700 nusxada izolyator, 300 tonna o‘tkazgich va 150 dona metall tayanchlarni sotib olish;
  • 220/500 kV (VL) kamida 300 dona tayanch hamda 120 km 220/500 kV kuchlanishli kabellar, o‘tkazgichlar va optik tolali liniyalarni o‘rnatish tajribasi bo‘lishi kerak. 

Shartnoma bo‘yicha ishlar u kuchga kirgan kundan boshlab 12 oy ichida bajariladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasi sotib olishni boshladi