Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi
12.05.2020 16:24,  
371

Markaziy bank "O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi"ni ishlab chiqdi (Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan ro‘yxatga olingan).

Hujjatni ishlab chiqishda elektron pul tizimi faoliyatini tashkil qilish, elektron pullarning muomalasi, xavf-xatarlarni boshqarish va elektron pul tizimida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahon amaliyoti o‘rganildi.

Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

Qoidaga ko‘ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub’yektlari hisoblanadi.

Elektron pul tizimining operatori tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan bank va (yoki) to‘lov muassasasi bo‘lishi mumkin. Elektron pul tizimining hisob-kitob banki emitent yoki elektron pul tizimi operatori bilan shartnoma tuzgan boshqa bank bo‘lishi mumkin.

Emitent o‘z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnoma va unga ilova sifatida operator bilan tuzilgan shartnoma hamda elektron pullar tizimi sub’yektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini yuborishi zarur.

Foto: Markaziy bank

Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaksiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан