Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda endi mobil telefonda tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi
12.11.2020 14:04,  
212

Ma’lum qilinishicha, hukumatning yangi qaroriga muvofiq, mobil telefonga tasvirga olingan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi aks ettirilgan video va fotosuratlar bo‘yicha ham jarima qo‘llaniladi.

Hukumatning tegishli qarori bilan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga o‘zgarish kiritildi.

Mamlakatda 2021 yil 1 yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bundan avval faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan, mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан