Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda
22.07.2020 12:47,  
648

O‘zbekistonda «TARLON» (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi ishlab chiqarilmoqda. Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, avtomobil «KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi 

O‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra «TARLON», yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан