Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yer va suv solig‘ini o‘rtacha 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda
9.12.2021 11:55,  
146

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekistonning Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan loyihada yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun esa soliq va aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilish nazarda tutilyapti. 

Bunda, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish), shu jumladan, dehqon xo‘jaliklari uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2021 yil darajasida (1 kub metr uchun 40 so‘m) saqlab qolinmoqda.

Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda chegirmalarga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari normalarini o‘rtacha 2 baravarga oshirish, bir martalik investitsiyaviy chegirma miqdorlarini, binolar bo‘yicha – 10 foiz, yangi texnologik asbob-uskuna bo‘yicha – 20 foiz belgilangan holda 2 baravarga oshirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ko‘chmas mulk joylashgan joyidan kelib chiqib bir kvadrat metr uchun minimal qiymat joriy etish bilan birga yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini pasaytirish, polietilen granulalariga aksiz solig‘i stavkasini 20 dan 10 foizgacha pasaytirgan holda, ushbu stavkani uning importiga ham joriy etish belgilanyapti.

Shu bilan birga, loyihada soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’yektlar hisobini tashkil etish, xususan, soliq imtiyozlari hisobi bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan tizimni yaratish, soliq to‘lovchining hisob ma’lumotlaridagi o‘zgarishlarni shaxsiy kabinet orqali tasdiqlash masalasi ham aks etgan.

Majlisda deputatlar tomonidan loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar inobatga olingan holda, qonun loyihasi qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан