Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berildi
24.01.2021 13:30,  
2106

O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov izoh berdi. Bu haqda «Kun.uz» nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi audio tarqalgani va Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilgani aytilgan.

«Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin», — deyladi tarqalgan audioda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan:

«Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos bo‘lishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz. Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar o‘rinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma’lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.

Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda», — deydi Otabekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан