Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda gaz hisoblagichlarni o‘rnatish va ta’mirlash bepul amalga oshirilishi belgilandi
11.03.2020 19:03,  
732

Gazni hisobga olish uskunasi va unga bog‘liq xarajatlar (o‘rnatish, olib tashlash, tekshirish, ta’mirlash) gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan qoplanadi va iste’molchilar faqat uning xavfsizligi uchun javobgar bo‘ladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

«Endilikda iste’molchi gaz hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish uchun bildirishnoma kutishi, davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza topshirishi shart emas», — deyiladi xabarda.

«Aqlli hisoblagich»lar 10 yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Agar uskunada nosozlik aniqlansa, gaz ta’minoti tashkiloti bu holatni mustaqil ravishda aniqlaydi hamda tegishli chorani ko‘radi.

«Yaqin kelajakda iste’molchilar turli tashkilotlarga qatnash hamda hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish xarajatlari haqida xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Iste’molchilardan yangi hisoblagichlarni ehtiyot qilib ishlatish talab qilinadi, xolos», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish mexanizmlaridan biri – «aqlli» hisoblagichlarni o‘rnatish hisoblanadi.

Bu esa, debitor qarzdorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirish va tabiiy gazni hisobga olish bo‘yicha billing tizimidagi ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish bo‘yicha inson omilini istisno etish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан