Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil etilmoqda
27.04.2020 20:28,  
187

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Yig‘ilishda geologiya rivojida fundamental, ilmiy, innovatsion va amaliy tadqiqotlarning o‘rni katta. Shu bois yil yakunigacha 2,5 ming kvadrat kilometr maydonni kosmik tasvirlar orqali, 5 ming kvadrat kilometr maydonni aerogeofizika usuli orqali geologik o‘rganish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada hamda 31 yanvar kuni ilm-fan vakillari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari geologiya sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga doir qator istiqbolli vazifalarni belgilab bergan edi.

Shu asosda Geologiya fanlari universitetini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari Sankt-Peterburg konchilik universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasi yordamida ishlab chiqilmoqda.

Bugungi yig‘ilishda mazkur yangi universitet qoshida Geologiya muzeyini tashkil etish va uning faoliyatini o‘quv jarayoniga bog‘lash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mutasaddilar sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda galdagi topshiriqlarni bajarishga qaratilgan rejalar yuzasidan axborot berdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан