O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–sentyabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lumot uchun, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015 yilda 234 tani tashkil etgan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangani haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 16 million 386 ming 200 tani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 23,0 foizga yoki 3,1 milliontaga o‘sgan.