Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda har yili katta miqdordagi oltin qora bozorga chiqarilmoqda
16.07.2020 12:48,  
938

Ma’lum qilinishicha, 2018-2019 yillarda oltin moddasini noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq 220ta holat aniqlangan, 125 nafar shaxsga 42ta jinoyat ishi, 276 nafar shaxsga 186ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. 19 nafar shaxs ana shunday vaziyatda ayanchli o‘lim topgan.

Noqonuniy qazib olingan oltinlar, asosan, Hindiston davlatiga olib borib sotiladi. 2019 yilning sentyabr oyida DXX tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tadbir davomida 8,5 mlrd. so‘mlik umumiy og‘irligi 11 kg. dan ortiq zargarlik buyumlarining Hindistonga olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi.

Joriy yilning 1 yanvaridan 10 iyuniga qadar bo‘lgan davr mobaynida oltin qazib olish bilan bog‘liq 65ta noqonuniy holat aniqlandi.

Tarkibida «999» probali, taxminiy qiymati 1 mlrd. so‘mlik 2 kg. 102 gr. oltin bo‘lgan 98,5 tonna ruda musodara qilindi. 2 ta «Kamaz» avtomashinasi, 6 ta «Niva» avtomobili, 3 ta «Ford» va «Gazel» mikroavtobuslari olib qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан