Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DYHXX xodimlariga yangi namunadagi alkotester moslamalari foydalanishga topshirildi
5.12.2021 17:53,  
82

O‘zbekistonda Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga topshirilgan yangi namunadagi alkotester moslamasi tekshiruv jarayonida haydovchini suratga olish xususiyatiga ega. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo‘ylab YPX xodimlariga tarqatilgan. YPX xodimi haydovchini alkogol ichimlikdan mast deb gumonlagan vaqtda Alcostop 8000S alkotester moslamasi yordamida haydovchi to‘xtatilgan joyning o‘zida tekshiruvlarni amalga oshiradi.

Qurilma aktiv hamda passiv rejimlarda ishlatiladi. Passiv rejimda haydovchi to‘xtatilgan paytda YPX xodimi alkotesterning puflash tomonini haydovchiga qaratadi va 5—10 santimetr masofada haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘lari orqali uning alkogol ichimlik iste’mol qilgani yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Agar u spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lsa, alkotesterdagi milligramm ko‘rsatkichi ko‘tariladi.

Shundan so‘ng haydovchining mastlik holatida ekani yoki mast emasligini aniqlash uchun qurilma aktiv rejimga o‘tkaziladi. Bu rejimda mastlik holatini tekshirish jarayonida qo‘llaniladigan bir martalik uskunadan foydalaniladi. Alkotesterda kamera bo‘lib, puflash jarayonida haydovchining yuz qismini tasvirga oladi va chekda aks ettiradi.

Qayd etilishicha, agar haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘larning konsentratsiya ko‘rsatkichi 0,135 milligram va undan yuqori bo‘lsa, u mast deb topiladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) tartibida bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Ushbu modda bilan aybor deb topilgan haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga solinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан