Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ijara to‘lovlarining eng kam stavkalari oshirilishi mumkin
3.11.2020 11:03,  
643

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, Toshkentda 2021 yilda turar joy binolari uchun ijaraning eng kam stavkasi 1 kvadrat metr uchun oyiga 14 ming so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda. Viloyat markazlari va Nukus shahrida ushbu narx 8,5 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida esa 4 ming so‘m deb belgilangan. Bu yil uchun ushbu stavkalar mos ravishda 12 000, 7 500 va 3 500 so‘mni tashkil etadi.

Toshkentda turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulkni ijaraga berishning minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun oyiga 29 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu stavka viloyat markazlari va Nukusda — 17 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida — 7,5 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Noturar joy bo‘lmagan ob’yektlarga bu yilda minimal stavkalari mos ravishda 25, 15 va 6,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Yengil avtomobil transportini (yo‘lovchilarni, yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasi, 8 o‘rindiqdan ko‘p bo‘lmagan, haydovchi o‘rindig‘ini hisobga olmaganda) ijaraga berishning minimal stavkasi 575 ming so‘mni (2020 yil uchun 500 ming so‘m) tashkil qilishi mumkin.

Shu bilan birga, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun ijara haqining minimal miqdori 1 150 000 so‘mni (2020 yil uchun 1 million so‘m edi) tashkil etishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан