Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berildi» mazmunidagi xabarlarga izoh berildi
20.05.2020 15:40,  
17263

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berildi” degan mazmunda xabar tarqaldi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYo bo‘limlari vakolati doirasida bo‘lgani bois ushbu masalaga rasman munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qisqartmasi — VMQ etib belgilanadi. PQ deyilganda Prezident qarori ko‘zda tutiladi. 2020 yil 10 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqalayotgan xabarda ko‘rsatilgan qaror qabul qilinmagan, deyiladi munosabatda.

Ma’lumot tariqasida, O‘zbekistonda hozirgi kunda demografik ko‘rsatkich bilan hech qanday muammo yo‘q. Bir yilda o‘rtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tug‘ilishi qayd etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан