Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ikkita aeroport tuman sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
29.12.2021 12:52,  
92

 29 dekabr kuni Namangan va Andijon aeroportlarida samolyotlar qalin tuman sabab parvozni amalga oshirolmadi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports Matbuot xizmati.

Qalin tuman ko‘rish masofasini 50 metrgacha tushirdi. «Ural» aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilayotgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qo‘na olmay, Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi.

Yana bir HY-622/621 reysi ham ob-havo sharoiti tufayli Namanganga qo‘na olmay, Farg‘onadagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat sodir bo‘ldi. Uzbekistan airways aviakompaniyasining Moskvadan uchayotgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo‘na olmadi. Natijada, Farg‘onadagi boshqa aerodromga jo‘natildi.

Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00 gacha yopiladi. Rejalashtirilgan barcha reyslar yeng yaqin muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан