Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ikkita harbiy okrug qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi
30.05.2020 14:37,  
683

O‘zbekiston Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi. Bu haqda Sof.uz'ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.​

O‘zbekiston Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov

Podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019 yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.

Shuningdek, Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, 2017 yilning oktyabr oyidan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Ulug‘bek Begmatovich Do‘smatov tayinlandi.

polkovnik Ulug‘bek Begmatovich Do‘smatov

Polkovnik Ulug‘bek Dusmatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil olgan. Ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini Nukus garnizonidan boshlagan. Vazirlik qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organining turli lavozimlaridan o‘tgan. Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан