Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ilk bor o‘quv markaziga xalqaro sifat belgisi sertifikati berildi
10.03.2020 18:52,  
437

O‘zbekistonda 12 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan nufuzli va yetakchi o‘quv markazlaridan biri RIKS Education yana bir muvaffaqiyatga erishdi.

Professional pedagoglardan iborat jamoa ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘nalishida tinimsiz ishlab kelmoqda va yoshlarga ingliz tilini sifatli o‘rganishlarida ko‘maklashmoqda. Bu safar u jahonning nufuzli Quality English tashkilotining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Markaz British Councilʼning O‘zbekistondagi eng ishonchli hamkorlaridan biri bo‘lib, Toshkent shahridagi birinchi marta Gold maqomiga ega bo‘lgan.

Ma’lumot uchun: 2003 yilda tashkil topgan Quality English sifat nazorati bo‘yicha tashkilot bo‘lib, uning sertifikati ingliz tilini o‘rgatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yetakchi mustaqil va xususiy maktablar uchun sifatli brend hisoblanadi. Quality English 10 yildan buyon butun dunyoda yagona brend ostida ingliz tili bo‘yicha sifatli, mustaqil o‘quv dasturlarini ilgari suradi.

U o‘z litsenziatlari sifatida yuqori ta’lim va biznes standartlariga ega tashkilotlarni tanlaydi. O‘z faoliyati davomida tashkilot Quality English Associated schoolsʼni shakllantirdi. Bu guruhga kiruvchi maktablar yuqori akademik standartlarni qo‘llab-quvvatlovchi eng e’tirof etilgan ta’lim markazlari hisoblanib, Quality English doimiy tarzda ularning faoliyati sifatini tekshirib boradi va nazorat qiladi.

Ushbu e’tirof yana bir bor RIKS Education o‘quv markazida o‘z ishining haqiqiy ustalari faoliyat yuritayotganini va ularga ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limini ishonib topshirishlari mumkin ekanini isbotladi. Endilikda RIKS Education o‘quv markazi Quality English yagona sifat brendi ostida faoliyat yuritish huquqiga ega.

Markaz haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali yoki +99871 200 38-33 telefoni orqali olishingiz mumkin.

 

Hamkorlik asosida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан