Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ilm-fan sohasini moliyalashtirish YaIMga nisbatan atigi 0,2 foizni tashkil etadi
19.06.2020 11:22,  
61

Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda xususiy sektorning ishtiroki pastligi sababli ilm-fan va innovatsiyalar sohasini moliyalashtirishda asosiy yuk Davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda. Ilm-fan sohasiga ajratilgan moliyalashtirish bugungi kunda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva axborot berdi.

"Albatta, so‘nggi yillarda davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hajmi 2-3 martagacha oshirildi. Lekin ular, asosan, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning oylik maoshlariga sarflanmoqda.

Ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika va ilmiy laboratoriyalar ba’zalarini rivojlantirmas ekanmiz, ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz.

Tijoratlashtirish uchun tashkil etilgan Prezident jamg‘armasiga Moliya vazirligi tomonidan haligacha mablag‘ ajratilmagan. Bu esa ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun loyihalarni moliyalashtirishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois, ushbu masalaga Moliya vazirligi e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir", dedi Norboyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан