Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
13.08.2020 10:02,  
78

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarori imzolandi.

Qaror bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
  • Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish;
  • yosh avlodni islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
  • mamlakatda hamda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
  • islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish.

Markaz direktori Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markaz faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Shuningdek, xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o‘rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан