Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil qilinadi
27.03.2020 08:55,  
250

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yangi ish o‘rinlari yaratishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi ma’lum qilinib, uning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Qayd etilganidek, 1 oktyabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan ob’yektlariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi. 1 noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e’lon qilinmaydi. Karantin muddati davomida tadbirkorlik sub’yektlari foydalanayotgan 3 ming 600 dan ortiq davlat mulki ob’yektlari bo‘yicha ijara haqlarini undirish to‘xtatiladi.

Shuningdek, barcha loyihalar doirasida investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yish taqiqlanadi. Aholiga tovarlarni yetkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi vaqtinchalik bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан