Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen Caddy narxlari ma’lum bo‘ldi
27.07.2020 11:44,  
2076

Germaniyaning “Volkswagen” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. “Volkswagen” modellari Jizzaxda barpo etilayotgan zavodda 2022 yilda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Hozirda bu yerda qurilish-montaj ishlari qizg‘in ketmoqda.

27 iyul kuni “Volkswagen” O‘zbekiston avtomobil bozori uchun o‘z modellarining onlayn taqdimotini o‘tkazdi.

Hozircha, Volkswagen Caddy 3 xil namunada va 3 xil narx segmentida xaridorlarga havola qilinadi.

Volkswagen Caddy (Kasten). Narxi: 172 100 000 so‘m.  Avtomobili, asosan, yuk tashishga mo‘ljallangan. Uning o‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km.ga 7,1 litrni tashkil etadi. 

Volkswagen Caddy (Kombi). Narxi: 190 000 000 so‘m. Uning texnik ko‘rsatkichlari Volkswagen Caddy (Kasten) bilan bir xil. Farqi avtomobilning yuk va yo‘lovchi tashishga moslashtirilganida.

Volkswagen Caddy (Trendline). Narxi 221 900 000 so‘m.  U faqat yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, haydovchi bilan birga 7 kishini tashiy oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан