Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ishlamaydigan fuqarolar ham pensiya olishi mumkin.Bu qanday amalga oshiriladi?
18.01.2021 20:36,  
743

O‘zbekistonda ishlamaydigan fuqarolar pensiya olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida 2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida ma’lumot berilgan.

Loyihaga ko‘ra, ishlamaydigan fuqarolar 1 iyuldan boshlab pensiyaga chiqishlari mumkin va buning uchun ularning turmush o‘rtoqlari har oyda o‘z daromadidan ijtimoiy soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi. 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday qo‘shimcha hujjatlar so‘ralmasdan hisoblanadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 iyundan boshlab, pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.

Bundan tashqari, uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi.

Pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан