Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda IVL va koronavirus testi ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
28.04.2020 13:23,  
193

Bugun AOKA shtabida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova bilan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Vazirlik aprel oyi oxirigacha koronavirusni tekshirib aniqlovchi 50 mingta test-tizimi ishlab chiqarishi to‘g‘risida ma’lumot bergan edi. Shu ishlar nihoyasiga yetdimi?

— Hozirda test tizimlarining laborator va klinik sinovlari yakunlandi. Ilg‘or texnologiya markazi 50 mingta shunday test tizimini ishlab chiqarishga tayyor.  

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur testdan foydalanishga ruxsat berilganidan so‘ng uni tezkorlik bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

— Karantin paytida vazirlik sun’iy ventilyasiya moslamalarini yo‘lga qo‘yish masalasida kanday ishlarni olib boryapti?

— Slovakiyaning "Chirana" kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda.

Hozirda IVL qurilmasining prototipi, ya’ni sinov uchun namunasi tayyorlandi. Tegishli tarzda sinovlar va tekshirishlardan o‘tkazilganidan so‘ng joriy yilning kuz oyida ishlab chiqarish boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан