Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda jamoat joylarida sovuq qurol olib yurganlik uchun jarima joriy etildi
7.11.2020 02:04,  
572

«Qurol to‘g‘risida»gi qonun sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar tushunchasi bilan to‘ldirilgan — kasbiy, ishlab chiqarish yoki sport faoliyatida yohud xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, sanoat usulida yoki qo‘lbola tarzda yasalgan tig‘li, kesuvchi ashyolar (pichoqlar, bigizlar va boshqa uchi o‘tkirlangan, sanchiladigan, kesuvchi ashyolar).

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 185-2 va 185-3 moddalari bilan to‘ldirilgan. Birinchi moddaga ko‘ra, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq holatlarda, jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan 1 baravarigacha (111,5 mingdan 223 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek, o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (223 mingdan 1,15 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

185-3-modda bilan qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston hududiga olib kirish va olib chiqish, shuningdek, tranzit qilish ham taqiqlangan:

  • Tig‘ining yoki kiskichining (damining) uzunligi 90 millimetrdan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yohud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlar;
  • Qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolar (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni).

Mazkur qonunbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1,15 million so‘mdan 2,23 million so‘mgacha) jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, qonun bilan Jinoyat kodeksining qurol yoki sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ashyolardan foydalangan holda qasddan badanga shikast yetkazganlik uchun jazo choralarini belgilash to‘g‘risidagi 104 va 105-moddalariga o‘zgartirish kiritilgan: qasddan badanga shikast yetkazish — 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020 yilning dastlabki sakkiz oyida o‘tkir tig‘li predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan, shundan 168 tasi qotillik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан