Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kadrlar muammosi yo‘q!
30.09.2019 09:43,  
412

O‘zbekistonda “kam pulga ishlashga tayyor bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar” muammosi bor.

Ishchi kuchi — iqtisodiy qiymat yaralishining ikki shart omillaridan biridir. Ikkinchi omil — kapital, ya’ni uskuna, bino yoki ishlab chiqarish materiallari.

Lekin negadir bizda hech kim, “O‘zbekistonda Apple kompyuterlari muammosi bor” demaydi, yoki “Aerobus samolyotlar muammosi” demaydi, oddiy qilib “pul muammosi” deydi. Mamlakatda yuqori texnologik ishlab chiqarish vositalari yoki sifatli tibbiy asbob-uskunalar, yaxshi kompyuterlar yo‘qligini biz mablag‘imiz kamligidan ko‘ramiz.

Lekin yuqori malakali professional mutaxassislar kamligini esa qandaydir tushunarsiz “kadrlar muammosi”ga yo‘yamiz.

Aslida “kadrlar muammosi”ni ham biz o‘z nomi bilan atashimiz kerak, modomiki, bu “muammo” deb atalmish narsaning yechimi — pul. Pul yechim bo‘lgan muammoni xarajat deb atashadi, muammo deb emas. Qaytaraman, kompyuterlar kamligini hech qachon “sanash uskunalari muammosi” deyishmaydi, lekin malakali mutaxassislarga kelganda shu narsani esdan chiqarib yuboramiz.

Xususiy biznesda ham, ta’lim sohasida ham, tibbiyotda ham, hatto davlat boshqaruvida ham rahbarlar muammolarining ildizini tushunarsiz "kadrlar masalasidan" ko‘rishadi. Menimcha bu adolatsiz. Chunki bunday “muammo” tabiatda yo‘q. Kadrlar — bu pulga sotiladigan mehnat va qobiliyat.

"Iqtisodchi kundaligi"dan

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан