Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda qancha aholi karantinga olingan, necha kishi karantin qoidalarini buzdi? (video)
25.03.2020 14:15,  
447

24 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 28 066 kishi karantinga olingan bo‘lib, ularning 18 961 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuv ostida, 9105 nafari esa tibbiyot muassasasida. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Xususan, Toshkent shahrida jami 7391 kishi karantin ostida (4914 kishi — uyda, 2477 kishi — kasalxonalarda). Toshkent viloyatida esa 4614 kishining 2685 nafari uy, 1930 nafari kasalxona sharoitida karantinga olingan.

Karantin qoidalariga amal qilmagani uchun jami 64 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ularning 12 nafari Toshkent shahri, 16 nafari Toshkent viloyati va 10 nafari Jizzax viloyatida. Shuningdek, Buxoro viloyatida 6 kishi jarimaga tortilgan bo‘lsa, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 3 kishidan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Farg‘ona viloyatida 2 kishi, Navoiy va Namangan viloyatlarida bir kishiga ma’muriy chora ko‘rilgan bo‘lsa, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘istonda bunday holat qayd etilmadi

Shu bilan bir qatorda, jami uch kishi karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Ularning ikki nafari Samarqand viloyati, bir nafari esa Qoraqalpog‘istondan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан