Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
1.06.2021 14:05,  
871

DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Unifikatsiya bo‘yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz», — dedi u.

Shuningdek, Farhod Mirzayev 2021−22 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, test sinovlari o‘tkazish uchun 46800 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59040 nafar abituriyentni sig‘diradigan 65 ta stadion tanlangan.

Kirish imtihonlarida 1,6 mln abituriyent qatnashishi kutilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda DTM rasmiy sayti, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан