Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kichik biznes vakillari 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ladi
23.06.2020 14:57,  
209

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda quyidagi muhim ma’lumotlar berildi:

Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan 142,5 mingta kichik biznes vakillari mavjud bo‘lib, ular 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ladi. Bu summa ikki turdagi — mol-mulk va yer solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi.

Misol uchun, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Toshkent qog‘ozi» jamiyatning ko‘chmas mulkining qoldiq qiymati 28,1 mlrd. so‘mni, egaligidagi yer maydoni 12,2 gektarni tashkil qiladi. Makur korxona 2020 yil uchun 563,3 mln.so‘m mol-mulk solig‘i hamda 1330,3 mln.so‘m yer solig‘i, jami 1893,6 mln. so‘m soliq to‘lashi kerak edi. Prezident Farmoniga asosan, endilikda ushbu sub’yektda 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davr uchun soliq imtiyozi qo‘llanilishi natijasida mol-mulk solig‘idan 140,8 mln.so‘m, yer solig‘ida 332,5 mln.so‘m jami 473,3 mln.so‘m mablag‘ iqtisod qilinib, jamiyat ixtiyorida qoladi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etilgan, aprel-may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i summalaridan voz kechildi. Natijada 2 422 ta soliq to‘lovchining 123 milliard so‘m miqdoridagi kechiktirilgan soliqlarni to‘lamaydigan bo‘ldi.

2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 %dan 1%gacha pasaytirildi.

Natijada 1 mln. 681 ming 769 ta ish o‘rni tashkil etilgan 328 782 ta mikrofirmalar va kichik biznes sub’yektlari soliq to‘lovchilariga soliq yuki kamaytirildi.

Mikrofirma va kichik korxonalarning aylanma mablag‘lari kamayishining oldini olish maqsadida soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Soliq to‘lovchilar 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqiga ega. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан