Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kimlar tekinga gripp va pnevmoniyaga qarshi emlanishi ma’lum qilindi
20.08.2020 20:32,  
1209

O‘zbekiston aholisi sentyabr oyida gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida ma’lum qilingan edi.

Epidemiolog Rustam Ikromovning qo‘shimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

«Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko‘zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan», – dedi mutaxassis.

O‘tgan, 2019 yilda 21 ming nafardan ortiq «Muruvvat», «Saxovat» uylarida yashovchi shaxslar hamda  mehribonlik, va go‘daklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarishi vaksinalar tekinga davlat byudjeti hisobidan yetkazib berilgan – «Joriy 2020 yilda ham shu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Boshqa aholi vakillari o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘laridan xususiy vaksina emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin», – dedi epidemiolog Ikromov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан