Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kelasi yildan ko‘p piyoda yurganlarga turli imtiyozlar beriladi
23.09.2020 18:35,  
505

Xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Muhokamaga qo‘yilgan qarorga muvofiq, O‘zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish, kasallikdan keyingi davrda tiklash va reabilitatsiya ishlarini tashkil etish hamda aholining sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish maqsad qilingan.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 fevralga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida «Yangi nafas» platformasini yaratish belgilangan.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar:

a) aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida «Yangi nafas» platformasini yaratadi va uning ishlash tartibini tasdiqlaydi. 

Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutadi;

b) Adliya vazirligi «Yangi nafas» platformasini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

Shuningdek, mehnat jamoalari a’zolarining «Yangi nafas» platformasidan foydalanish samaradorligi natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining ishiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xulosasiga asosan baho beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан