2021 yil 20 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81339 (+118) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
9 nafari Toshkent viloyatida,
99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
Toshkent viloyatida 17 nafar,
Toshkent shahrida 82 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79812 (+104) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 905 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.