Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham aholi orasidan koronavirus aniqlandi
12.06.2020 10:06,  
668

2020 yil 12 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4819 (+78) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1163 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан