Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus bilan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?
19.06.2020 14:11,  
2121

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda aholi tomonidan yo‘llangan savollarga javob qaytarildi:

— Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra koronavirus aniqlangan bemorning davolanish xarajatlarini u kasallik yuqtirgan muassasa yoki tashkilot to‘lar ekan. Agar kasallik qayerdan yuqtirilganligi konkret aniqlanmasa, u holda davolanish xarajatlarini kim to‘laydi?

— Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali epidemiologlari tomonidan epidemiologik surishtiruv to‘laqonli olib borilmoqda va har bir aniqlangan kasallik holatining manbasi aniqlanmoqda. Bu jarayonda IIV bilan xam xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

— Agar O‘zbekiston fuqarosi chet elda boshqa kasallikdan vafot etsa, uning jasadi olib kelingandan so‘ng  mayit tobut bilan dafn etiladimi yoki islom an’analariga muvofiqmi?

— Ushbu holatda xaqiqatda COVID-19 mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilsa dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oshirishi mumkin.

— Koronavirus info telegram kanalida Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydirilishi haqida ma’lumot o‘qidim. O‘zbekistonda ham shunday chora ko‘riladimi?

— COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qat’iy sanitariya-gigiyena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib Islom dini urf-odatlari bo‘yicha dafn etilmoqda.

— Piskent shahri "qizil" hududga kiritilgani sabab, Olmaliqqa shahriga Piskent orqali o‘tuvchi yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Olmaliq "yashil" hudud bo‘lsa ham unga o‘tish yo‘llari yopilishi mumkinmi?

— Karantin talablari bo‘yicha qizil hudud va yashil hududlar o‘rtasida xarakatlanish to‘xtatladi, ya’ni "qizil" toifadagi hududga kirish va chiqish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан