Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus chalinganlar soni 14466 nafarga yetdi
15.07.2020 17:53,  
350

2020 yil 15 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14466 (+173) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 19 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyati hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 16 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 8343 (+16) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6054 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан